Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax shahrida homilador ayol lift ichida shafqatsizlarcha yoqib yuborildi

Jizzax shahrida homilador ayol lift ichida shafqatsizlarcha yoqib yuborildi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 31-yanvar kuni soat 13.00 larda Jizzax shahar, «Mustaqillik» ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda mudhish hodisa sodir bo‘ldi.

Jizzax viloyati prokuraturasining xabar berishicha, fuqaro S.X turmush o‘rtog‘i M.U.ning boshqa erkaklar bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelganligini gumon qilib, shu sababli u bilan janjallashadi. Uning homiladorligini bilgani holda, uni qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan birga olib kelgan benzin yonilg‘isini 14-uyning liftida turmush o‘rtog‘ining ustiga sepib, o‘ta shafqatsizlarcha yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring