Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda ayollar janjaliga erkak aralashib, ayolning sochini yulib oldi

Jizzaxda ayollar janjaliga erkak aralashib, ayolning sochini yulib oldi

Videodan kadrlar

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki ayolning o‘zaro janjali aks etgan video tarqaldi. Videoda janjalga aralashgan erkaklardan biri ayolning sochini yulib olgani ko‘ringan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati hodisaga izoh berdi.

Aniqlanishicha, voqea Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Do‘stlik mahallasida ro‘y bergan. Nizoga 8 yoshli bolaning fuqaro tomonidan quritishga qo‘yilgan ko‘rpaga loy oyog‘ini artishi sabab bo‘lgan. Buni ko‘rgan ko‘rpa egasi bolani qarg‘agan va janjal kelib chiqqan.

Voqea joyiga 2 nafar profilaktika inspektori yetib borib, kelishmovchilikni barataraf qilish choralarini ko‘rgan. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring