Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda institut bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

Jizzaxda institut bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Jizzax davlat pedagogika instituti bo‘lim boshlig‘i B.I. fuqaro V.ning Toshkent shahridagi «Y.T.» universitetining «Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishidagi o‘qishini tanishlari yordamida institutning ushbu yo‘nalishdagi fakultetiga ko‘chirib berish evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring