Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda paxta xirmoni yonib ketdi. Jabrlanganlar bor

Jizzaxda paxta xirmoni yonib ketdi. Jabrlanganlar bor

Jizzax viloyatining tumanlaridan biridagi paxta punktida 2018-yil 4-oktabr kuni yong‘in kelib chiqqan. Bu vaqtda paxta g‘arami ustida o‘nga yaqin ishchi ishlayotgan bo‘lgan.

Olov tez tarqalib, ishchilar alanga ichida qolgani aytilmoqda. Natijada o‘nga yaqin odam turli darajadagi kuyish bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Jizzax viloyati bo‘limiga yotqizilgan.

Kuyganlardan to‘rt nafarining ahvoli og‘irroqligi sababli reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Ular jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirgani haqida ma’lumotlar bor. 5-oktabr kuni ushbu bemorlar umumiy palataga chiqarilgan.

Shifoxona ma’muriyati, viloyatdagi rasmiylar mazkur hodisa yuzasidan ma’lumot berishni istashmadi. Faqat bemorlarning ahvoli ayni paytda yaxshi ekani, jarohatlar ularning hayotiga xavf solmayotganini aniqlay oldik xolos. Qurbonlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring