Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda uch mashina o‘zaro to‘qnashdi: bir kishi jabrlangan

Jizzaxda uch mashina o‘zaro to‘qnashdi: bir kishi jabrlangan

Joriy yil 22-may kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Andijon viloyatida yashovchi 33 yoshli A.J. o‘ziga biriktirilgan «Damas» rusumli avtomashinasini «Toshkent-Termiz» yo‘lida boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan, 23 yoshli B.A. boshqaruvidagi «Volvo» rusumli yuk avtomashinasi chap yon qismiga urilib to‘xtagan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Shu vaqtda 34 yoshli A.Yu. boshqaruvidagi «Neksiya»  «Volvo»ning orqa tomoniga kelib urilgan. Natijada «Neksiya» avtomashinasi yo‘lovchisi 24 yoshli I.U. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring