Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattaqo‘rg‘onda gaz portlashidan bir kishi jabrlandi

Kattaqo‘rg‘onda gaz portlashidan bir kishi jabrlandi

Bugun, 8 oktyabr kuni soat 04:50 da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar «Ko‘xnadam» MFYda joylashgan uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2ta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 04:55 da hodisa joyiga yetib borgan.

Havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ushbu xonadonga mehmon bo‘lib kelgan 1982 yilda tug‘ilgan A.A. (erkak kishi) kuyish tan jarohati olib, Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Shifokorlar tomonidan A.A.ga yuzi, bo‘yni ko‘krak oldi, ikkala qo‘l sohasi termik kuyish tashxisi qo‘yilgan va umumiy kuyish sathi 50 foiz tan jarohati olganligi ma’lum qilingan.

Voqea kelib chiqishining taxminiy sababi, xonadonga yaqin yer ostidan o‘tgan tabiiy gaz quvuridan sizib chiqqan gazning uyiga to‘planishi natijasida chaqnash yuzaga kelgan.

Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring