Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kattaqo‘rg‘ondagi portlash holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan - Bosh prokuratura

Kattaqo‘rg‘ondagi portlash holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan - Bosh prokuratura

Shu yilning  12-aprel kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Go‘zalkent mahallasi, Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uylarning birida is gaz siqilishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgani xabari berilgan edi.

Uch nafar fuqaroning o‘limi va yana bir qanchasining tan jarohati olishiga sabab bo‘lgan mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jinoyat kodesining  259-moddasi  (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish )2-qismi «a», b» bandlari bilan  qo‘zg‘atilgan  «delo» bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.  Jinoyat ishi yuzasidan  alohida nazorat o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring