Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattaqo‘rg‘onlik 17 yoshli qiz qidirilmoqda

Kattaqo‘rg‘onlik 17 yoshli qiz qidirilmoqda

Kattaqo‘rg‘on shahar, «O‘rikzor» MFY, U.Barnayev 1-berk ko‘chasi, 9-uyda yashab kelgan, 14.11.2004-yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan, Ergasheva Pokiza Jamshid qizi 2021-yil 10-yanvar kuni taxminan soat 17:00 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Alohida belgilari: Buyi taxminan 150-155 sm atrofida, oqdan kelgan, o‘rtacha gavdali, sochi qora rangda uzunligi 80-90 sm atrofida, koshi qora rangda, ko‘zi malla rangda, yuzi ovalsimon, tishlari tabiiy butun, lablari qalin.

Egnida bo‘lgan kiyimlari: to‘q ko‘k rangli tizzasigacha bo‘lgan «Balon» kurtka, qora rangli sport trikosi, och qizil rangli sport kiyimi, oyoqlarida oq rangli ayollar krosovkasi va qora rangli orqaga ilinadigan «Viktoriya Sekret» yozuvli sumkasi bo‘lgan.

Ergasheva Pokizani ko‘rganlar yoki u haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar +998901002121, +998662311111, 102, +998662319805 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring