Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kattaqo‘rg‘onlik yigit kanalda oqib ketayotgan uch yoshli bolani qutqardi

Kattaqo‘rg‘onlik yigit kanalda oqib ketayotgan uch yoshli bolani qutqardi

Foto: FVV matbuot xizmati

Kuni kecha Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi Jo‘rabek Ziyodovning jasorati to‘g‘risida internet resurslarida xabar tarqalgan edi.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, u nafaqat kanalda oqib ketayotgan uch yoshli bolani suvdan olib chiqqan, balki o‘z vaqtida birinchi yordamni ko‘rsatish orqali uning hayotini saqlab qolgan.

O‘z jonini xatarga qo‘yib, qahramonlik ko‘rsatgan Jo‘rabekning qahramonona xatti-harakatlari Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan alohida e’tirof etilib, esdalik sovg‘alar va faxriy yorliq topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring