Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kosonsoyda fermer xo‘jaligi ishchilari kaltaklandi 

Kosonsoyda fermer xo‘jaligi ishchilari kaltaklandi 

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 17-mart kuni soat 12:30 larda 24 yoshli Tohir B., 34 yoshli Maxmud O. lar Namangan viloyati, Kosonsoy tumani O‘zbekiston MFY. hududida joylashgan bog‘dorchilikka asoslangan fermer xo‘jaligiga kelib, ushbu xo‘jalik direktori 55 yoshli Kamol M. hamda ishchilar — 26 yoshli Murodjon R., 34 yoshli Sardor Q., 47 yoshli Alisher X., 28 yoshli Jaxongir X., 39 yoshli Arabboy T.larni hech bir sababsiz urib, ularga turli darajada tan jarohatlari yetkazishadi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, fermer xo‘jaligi ishchilariga tegishli bo‘lgan «Nexia-3», «Niva», «Hyundai», «Mersedes-benz» rusumli avtomashinalari, «Samsung» rusumli ekskovator, fermer xo‘jaligining dala shiyponi oynalarini tosh bilan urib shikastlaganlar.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Tohir B. va Maxmud O.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, ushbu fermer xo‘jaligining direktori Kamol M.ning oldiga O‘zbekiston MFY.da yashovchi fuqarolar Dilfuza U. va uning singlisi Nigora U.lar kelib, go‘yoki mahalladagi yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olayotganligini ro‘kach qilib, u bilan nizolashib, bu haqida O‘zbekiston MFY.da yashovchi boshqa fuqarolarga borib aytib, o‘zlari bilan 50-60 nafar ayol va erkaklarni fermer xo‘jaligining yer maydoniga boshlab kelishlari natijasida ushbu jinoyat sodir etilganligi aniqlangan.

Jinoyat ishi doirasida barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ularning har birining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring