Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli shamol va yomg‘ir Samarqandu Toshkentda og‘ir talafotlar keltirdi

Kuchli shamol va yomg‘ir Samarqandu Toshkentda og‘ir talafotlar keltirdi

Foto arxivdan

Foto: «Darakchi.uz»

Kecha, 27-fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, xususan, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuchli shamol va yomg‘ir kuzatildi.

Ayniqsa, Toshkentda shamolning tezligi 16 m/s (58 km/s) gacha, poytaxt viloyatida esa 15 m/s (54 km/s) gacha yetdi, natijada Olmazor tumanida yo‘lning qatnov qismiga daraxt ag‘darilib tushib, tuman obodonlashtirish boshqarmasining yordami bilan qisqa vaqtda tabiiy ofatning oqibatlari bartaraf qilindi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Samarqand viloyatining, Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida va Toshkent shahrida shiddatli yomg‘ir yog‘ib o‘tdi. Natijada Toshkent shahrining ayrim tumanlarida turar-joy binolarining alohida qismlariga suv kirishi kuzatildi. Obodonlashtirish boshqarmasi va FVBning zarur kuch va vositalar yordamida yomg‘ir oqibatlari qisqa muddatda bartaraf etildi.

Samarqand viloyatining Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand tumanlari tog‘li hududlarida sel yog‘ib o‘tdi. Viloyat FVB xodimlari, IIB hamda mahalliy xokimiyat organlari bilan hamkorlikda joylarda profilaktik choralar ko‘rildi. Jarohat olganlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi.

Ta’kidlash kerakki, Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida bir sutkadagi yog‘ingarchilik, oylik yog‘ingarchilik miqdorining 67 foizini tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring