Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoidani mensimagan «Lacetti» yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi

Qoidani mensimagan «Lacetti» yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi

25-aprel kuni   «Dalaguzar - «Nazarbek» temiryo‘l kesishmasida  «Lacetti» avtomobili yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari xabar bermoqda. 

Bu kesishmada yo‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar va svetafor o‘rnatilgan. «Lacetti» haydovchisi svetoforning qizil chirog‘i yonib turishiga, to‘xtash signali ishlashiga, hatto to‘xtash belgisiga ham e’tibor bermasdan harakatlangan. 

To‘qnashuv paytida tan jarohati olgan avtomobil haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring