Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda Jorj Bushning shifokori o‘ldirib ketildi

AQShda Jorj Bushning shifokori o‘ldirib ketildi

Foto: «AP Photo»

AQShning Texas shtati Xyuston shahrida noma’lum kimsa katta Jorj Bushning kardiolog shifokori Mark Xausnextni otib ketdi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».

Voqea Texas tibbiyot markazi yaqinida sodir bo‘lgan.

Qotil va shifokor velosipedda ketayotib bir-biriga to‘qnash kelgan. Shu payt noma’lum kimsa kardiologga qarata ikki marta o‘q uzgan. Natijada Mark Xausnext halok bo‘lgan.

Ayni damda qotil qidiruvga berilgan. Uning oq tanli yoki 30 yoshli Lotin amerikalik ekani taxmin qilinmoqda. Aytilishicha, u silliq soqolli, quyoshdan himoyalanish uchun ko‘zoynak taqib olgan, beysbol kepkasi, jilet va kaltaishton (shortik) kiyib olgan bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring