Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Malibu» velosipedchining o‘limiga sabab bo‘ldi

«Malibu» velosipedchining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: IIV

22-fevral kuni fuqaro H.A. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli avtomashinasi Rishton tumani To‘qimachilar ko‘chasida ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan O‘.M.ni urib yuborgan. Oqibatda  O‘.M. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lishi mumkinligini aytib haydovchilarni hushyorlikka chaqiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring