Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashina lyukida odobsizlarcha «sayr» uyushtirgan haydovchi jarimaga tortildi

Mashina lyukida odobsizlarcha «sayr» uyushtirgan haydovchi jarimaga tortildi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 26-fevral kuni soat taxminan 02:00 larda Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Istiqlol ko‘chasi bo‘ylab haydovchi J.B. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli 01 J 299 HA davlat raqam belgili transport vositasida ikki nafar fuqaro avtomashinaning lyuk qismidan tana qismini chiqargan holatda harakatlangan. Ushbu holat atrofdagi noma’lum fuqarolar tomonidan videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borildi va qoidabuzarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, haydovchi boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli transport vositasining yon oldi oynalari tegishli ruxsatnomasiz qoraytirib olinganligi ma’lum bo‘lgan va o‘rnatilgan tartibda bayonnomaga kiritilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring