Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Masjidda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ushlandi

Masjidda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ushlandi

Foto: «Sputnik»

4-fevral kuni 18:45 lar orasida D.Sh. (1994-yilda tug‘ilgan) «Zangiota» jome’ masjidining tahoratxonasida qarovsiz qoldirilgan qora kurtka hamda ichidagi pasportni o‘g‘rilab, juftakni rostlagan.

Aniqlanishicha, kurtka fuqaro M.X.ga (1998-yilda tug‘ilgan) tegishli bo‘lgan. Ichki ishlar xodimlarining tezkor tadbiri natijasida fuqaro D.Sh. ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 1-qismi va 227-moddasi, 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tuman ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Odamlar masjidlarga ko‘nglini, qalbini poklagani borsa, ayrim insofidan ayrilgan kimsalar bu muqaddas joyda o‘g‘rilik sodir etib, ikki karra gunohga botadilar va qolaversa, qonun oldida ham mulzam bo‘lib qoladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring