Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksikada 5,5 balli zilzila sodir bo‘ldi

Meksikada 5,5 balli zilzila sodir bo‘ldi

Foto: «Twitter»

Meksika markaziy qismi va janubi-g‘arbida yer osti silkinishlari kuzatildi. Zilzila magnitudasi 5,5 ballni tashkil etdi, deb xabar berdi «El Arte de Servir».

Mamlakat milliy seysmologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Pinotepa-Nasonal (Oaxaka shtati)dan 65 kilometr olisda joylashgan bo‘lib, mahalliy vaqt bilan 22-aprel kuni soat 15:15 da kuzatilgan.

Ma’lumot uchun: 2019 yilning mart oyida Meksikaning Oaxaka shtatida besh soat mobaynida 42 marotaba (!) yer qimirlashi qayd etilgandi. O‘shanda zilzila magnitudasi 1,9 dan 4,4 ballgacha bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring