Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Metro yo‘liga yosh qiz tushib ketgani aks etgan video tarqaldi. IIBB hodisaga oydinlik kiritdi

Metro yo‘liga yosh qiz tushib ketgani aks etgan video tarqaldi. IIBB hodisaga oydinlik kiritdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar va ayrim internet nashrlarda Toshkent metrosining Alisher Navoiy bekatida yosh qiz stansiyaga kirib kelayotgan poyezd ostiga tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda qizning stansiyaga yaqinlashib kelayotgan poyezd yo‘liga yiqilib tushganini, shuningdek, unda boshqa yo‘lovchilarning qichqirgani va poyezd haydovchisining signal bergani hamda tormoz ovozini eshitish mumkin.

Voqea qachon ro‘y berganiga oydinlik kiritilmagandi.

Nihoyat, ushbu hodisa, qizning shaxsi va uning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berildi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, hodisa shu yilning 29-iyun kuni sodir bo‘lgan. 20 yoshli Gulbahor B. poyezd yaqinlashayotganda hushini yo‘qotgan va metro relsiga yiqilib tushgan. Elektropoyezd mashinisti zudlik bilan poyezdni to‘xtatgan va fojia oldini olgan. Qiz yiqilish oqibatida kichik jarohatlar olgan, xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring