Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimi cho‘kayotgan olti yashar bolani qutqarib qoldi

MIB xodimi cho‘kayotgan olti yashar bolani qutqarib qoldi

Shu yilning 29-iyun kuni, kunduzi soat 14 00lar chamasida MIB Boysun tuman bo‘limi davlat inspektori Otabek Aliqulov shu  tumanning «Sangchil» MFY hududida xizmatini o‘tab yurgan vaqtida «Sangchil» MFY hududidan o‘tuvchi «Ko‘rgan» daryoda oqib ketayotgan bolaga ko‘zi tushadi.  Ikkilanmay o‘zini suvga otib, bolani qutqardi. Ma’lum bo‘lishicha, cho‘kib ketishga sal qolgan bola R.Jo‘ramahmudov (2013-y.t.) bo‘lib, ehtiyotsizligi oqibatida tez oqib turuvchi daryoga tushib ketgan ekan.

Bolani suvdan olib chiqishi hamono O.Aliqulov o‘z mashinasida «Sangchil» QVP binosiga olib borgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam muolajasidan keyin voyaga yetmagan Ramziddinning ahvoli yaxshilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring