Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimi mast fuqaro tomonidan pichoqlandi

MIB xodimi mast fuqaro tomonidan pichoqlandi

Foto: Xabar.uz

Jizzaxda aliment pulini undirish uchun borgan MIB ijrochisiga tan jarohati yetkazildi. Hodisa joriy yilning 5-avgust kuni Baxmal tumanida yuz bergan.

Tuman bo‘limi ijrochisi «Qutlug‘obod» mahalla fuqarolar yig‘inining «Kaltatoy» qishlog‘ida yashovchi fuqarodan shu qishloqda istiqomat qiluvchi sobiq turmush o‘rtog‘ining bir nafar voyaga yetmagan farzandi foydasiga 15 million so‘m aliment pullarini undirish to‘g‘risidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudi ijro hujjatiga asosan 2 nafar hamkasblari bilan borgan.

Xonadon sohibi mast holatda aliment pullarini bermaslik maqsadida janjal ko‘tarib, qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan xizmat vazifasini bajarayotgan majburiy ijro byurosi xodimining tanasiga bir necha marotaba urib, jarohat yetkazgan.

Oqibatda jabrlanuvchi «qorin bo‘shlig‘ining chap va pastki qismi, ko‘krak qafasining chap biqin sohasi hamda chap yelka sohalariga sanchilib kirgan jarohati» tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring