Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIBchilardan qo‘rqib, tomga qochgan bolalar haqida ma’lumot berildi

MIBchilardan qo‘rqib, tomga qochgan bolalar haqida ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Majburiy ijro byurosi xodimlari tashrifi sabab tomga qochgan ikki nafar o‘g‘il bolaga oid lavhaga oydinlik kiritildi.

Xabar.uz so‘roviga javoban Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latovning ma’lum qilishicha, voqelik shu yilning 14 iyun kuni Sayxunobod tumanida sodir bo‘lgan. Ya’nikim, shu kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga binoan da’vogar M.R.ga voyaga yetmagan ikki nafar o‘g‘il farzandini javobgar A. R.dan olib berish belgilangan.

Sud qarori ijrosi doirasida Byuroning tuman bo‘limi xodimlari javobgar istiqomat qilayotgan xonadonga borganda ikki o‘rtada janjal kelib chiqqan. Ayni jarayonda bolalar xonadon tomiga chiqib olishgan. Buning natijasida ijro harakatlari boshqa kunga qoldirilgan.

Ertasi kuni voqealar rivoji kutilmaganda xayrli yakun topgan. Farzand talashayotgan er-xotin bunday ahvol azobu iztiroblardan boshqa narsa bermasligi, ayniqsa, bolalar ko‘proq jabr chekishini anglab yetishgani aytilgan. Natijada er-xotin shu paytgacha o‘rtalarida nimalar o‘tgan bo‘lsa, barchasini «orqaga tashlab», yarashish istagini bildirishgan.

Oila tiklangan joyda sud qarori ijrosiga hojat qolmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring