Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada o‘zbekistonlik muhojirning jasadi topildi

Moskvada o‘zbekistonlik muhojirning jasadi topildi

Moskva shahrida 1990 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri o‘lik holda topilgani haqida internetda xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilindi. 

Xususan, vafot etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Huquq targ‘ibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan ekspertizada, marhumning bosh sohasida shilinishlar, qo‘llarida ko‘karish, og‘iz qismidan g‘isht bo‘lagi topilgan. Taxminlarga ko‘ra, murda o‘lim yuz berganidan so‘ng ikki kun o‘tgach topilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan uning yaqin qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatilib, jasadni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Shuningdek, Rossiyaning huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda mazkur hodisa nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring