Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namangan davlat universiteti o‘qituvchilari va talabasi qo‘lga olindi

Namangan davlat universiteti o‘qituvchilari va talabasi qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan DXXning Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Aniqlanishicha, Namangan davlat universiteti talabasi A.Q. fuqaro A.ning o‘qishini Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetidan o‘zi ta’lim olayotgan universitetga vakolatlari tanishlari orqali ko‘chirib berishni va’da qilib, evaziga 1 000 AQSh dollari va 5,3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, A.Q.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirlarda, universitet o‘qituvchilari M.A., undan keyin B.A. ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring