Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 14 yoshli bola bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Namanganda 14 yoshli bola bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Namangan viloyatining Uychi tumanida Nexia va Matiz to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 8 oktyabr kuni soat 15:00 larda R-263 Uychi aylanma yo‘lining 7-kilometrida yuz bergan. Shu tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan, 2007 yilda tug‘ilgan bola otasining «Nexia»sini tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan Matiz bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Matizda bo‘lgan 23 yoshli yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Matiz va Nexia haydovchilari hamda Nexiada bo‘lgan 35 yoshli yo‘lovchi miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring