Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda ayol kishining jasadi kanalda oqib o‘tgani tasvirlangan video tarqaldi

Namanganda ayol kishining jasadi kanalda oqib o‘tgani tasvirlangan video tarqaldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namangan viloyati Chortoq tumanidan oqib o‘tuvchi kanalida ayol kishiga mansub shaxs oqib ketganligi tasvirlangan videoyozuv yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.

«Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ayolni o‘lim sababini aniqlash bo‘iycha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shaxsini aniqlash bo‘yicha barcha tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Tekshirish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi» — deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring