Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yirik YTH: 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonada

Namanganda yirik YTH: 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi shifoxonada

Foto: «Daryo»

Namangan viloyatining Norin tumanida Nexia, Damas va UAZ avtomobillari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Hodisa 2021-yil 12-may kuni soat 10:30 atrofida Cho‘ja—Haqqulobod yo‘lining 22 kilometrida, «Bo‘zo‘lmas» mahallasi hududida ro‘y bergan.

Norin tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexiani boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan, oldin Damas, keyin UAZ avtomobili bilan to‘qnashgan.

Buning oqibatida Nexia salonida bo‘lgan yo‘lovchilar — Namangan viloyatining Norin tumanida yashagan, 1959-yilda tug‘ilgan va Andijon viloyati Paxtobod tumanida yashagan, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Foto: «Daryo»

Nexia haydovchisi va ushbu avtomobilda bo‘lgan yana ikki yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ulardan biri og‘ir holatda ekani aytilmoqda.

Viloyat IIB YHXB matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftaning o‘zida Farg‘onadagi avtohalokatda ikki oilaning olti a’zosi qurbon bo‘lgani, Qashqadaryoda ayanchli YTHda yetti kishi hayotdan ko‘z yumgani,  Nukus shahri yaqinidagi YTH natijasida 6 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring