Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Navoiy azot» ishchilari noma’lum kuydiruvchi gazdan zaharlandi

«Navoiy azot» ishchilari noma’lum kuydiruvchi gazdan zaharlandi

Foto: Sensorika.uz

Sog‘liqni saqlash vazirligi «Navoiy azot» AJga qarashli PVX zavodida yuz bergan favqulodda holatdan jabrlanganlarga tibbiy ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 28-oktyabr kuni taxminan soat 16:00da Navoiy viloyati «Navoiy azot» AJga qarashli PVX zavodida noma’lum kuydiruvchi gazdan ingalyasion zaharlanish yuz bergan.

Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Favqulodda vaziyatda jarohatlangan 4 nafar bemor Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarning ahvoli baholanib, ularga zamonaviy davolash standartlari bo‘yicha malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

«Mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, bemorlarning ahvoli yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring