Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda ayol ukoldan vafot etdi. Holat yuzasidan prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda

Navoiyda ayol ukoldan vafot etdi. Holat yuzasidan prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bitta ukol bilan o‘ldirdi... Do‘xtirlar o‘ldirdi» deb aytilayotgan videoyozuv tarqaldi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 2021-yil 25-mart kuni Navoiy viloyati, Navbahor tumanida yashagan, 1985 yilda tug‘ilgan ayol Navoiy viloyati Perintal markazining «Jonlantirish» bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.   

Tekshirishda sudga oid komission tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Natijalari haqida xabar qilinadi.

Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ham ma’lumot berdi.

Shu yilning 16-mart kuni Navoiy viloyat perinatal markazi ginekologiya bo‘limiga 12 haftalik homilasining nobud bo‘lganligi bilan murojaat qilgan Navbahor tumani O‘zbekiston MFYda yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan O.F  «Homiladorlik 4. 14-hafta 4-kun Tug‘ruq 3. Rivojlanmay qolgan homila» tashxisi bilan qabul qilingan.

Bemor bo‘limda davolash-tashxislash standartlari asosida to‘liq tekshiruvlardan o‘tkazilib, homilaning uch xaftadan ortiq rivojlanmay qolganligi, umumiy qon tahlilida leykotsitlar miqdori normadan oshganligi  inobatga olinib, septik asoratlarning oldini olish va  antibiotik-profilaktika maqsadida «Seftriakson» dori vositasining 1,0 grami mushak orasiga sinamasidan so‘ng in’yeksiya o‘tkazish tavsiya berilgan.

2021-yil 16-mart kuni soat 17:50 lar atrofida muolaja hamshirasi tomonidan ushbu dori vositasi bilan o‘ng bilak sohasiga sinama qo‘ygandan keyin to‘satdan anafilaktik reaksiya, anafilaktik  shok  va klinik o‘lim holati kuzatilgan. O‘tkazilgan tezkor reanimatsion chora-tadbirlardan so‘ng yurak faoliyati tiklanib, reanimatsiya bo‘limida uzaytirilgan su’niy nafas berish apparatida intensiv davo muolajalari davom ettirilgan.

Davolash jarayonida 17, 23 va 25 mart kunlari mamlakatimizning malakali anesteziolog va reanimatologlari tomonidan ko‘rilib, kerakli tavsiyalar berilgan va buyurilgan tavsiyalar asosida davo muolajalari olib borilgan.

O‘tkazilgan intensiv davo muolajalariga qaramasdan 2021-yil 25-mart kuni bemor O.F.da biologik o‘lim qayd qilingan, deyiladi SSV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring