Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda IIB xodimi kaltaklandi

Navoiyda IIB xodimi kaltaklandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov IIB xodimiga nisbatan sodir etilgan jinoyat yuzasidan bayonot berdi.

Navoiy viloyati, Xatirchi tumani IIB HPB profilaktika inspektori O‘.X. (1991-y.t.) boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinada piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgan vaqtida, uning orqasida fuqaro A.O‘. (1990-y.t.)  «Matiz» rusumli avtomashinada to‘xtab, O‘.X, uning yo‘lini to‘sib turganligini vaj qilib, uni urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan.

So‘ng O‘.X.ning qonuniy talablariga bo‘ysinmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, o‘z avtomashinasi harakatini davom ettirishi natijasida, uning o‘ng oyog‘ini bosib o‘tgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yilning 10-avgust kuni Xatirchi tumani prokuraturasi tomonidan A.O‘.ga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring