Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nega o‘zbekistonlik ayolni qirg‘iz chegarachilari ushlashdi?

Nega o‘zbekistonlik ayolni qirg‘iz chegarachilari ushlashdi?

Foto: «Kabar.kg»

«Qadamjoy-avtoyo‘l» chegara bekati chegarachilari Qirg‘izistonga begona pasport bilan kirishga uringan o‘zbekistonlik 1959-yilda tug‘ilgan Z.Z.ni to‘xatib qolgani haqida «Kabar.kg» xabar bergan.

Asli samarqandlik bu ayol pasport nazoratidan o‘tishda 1956-yili tug‘ilgan fuqaro B.P. nomiga olingan pasportni ko‘rsatgan.

Ko‘rinishi pasportdagi fotosuratdagidan deyarli farq qilmagan ayol chegarachilarda shubha uyg‘otgani uchun maxsus tekshiruvdan o‘tkazilgan. Ayol shaxsiy imzoni pasportdagiga o‘xshatib qo‘ya olmadi, shundan so‘ng u Qirg‘izistonning Kara-Suu bozoriga kelishda adashib qarindoshining pasportini olib chiqqaniga iqror bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng ayol Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasiga topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring