Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niagara sharsharasi muzlamoqda. Keyingi hafta bundan-da sovuq bo‘ladi! (foto)

Niagara sharsharasi muzlamoqda. Keyingi hafta bundan-da sovuq bo‘ladi! (foto)

Niagara sharsharasi muzlamoqda.

Foto: «Reuters»

Niagara sharsharasi qisman muzladi: chunki AQSh shimoli-sharqida qahraton kuchaymoqda.

Sharshara joylashgan hudududda havo harorati Selsiy bo‘yicha -25 darajadan pastni ko‘rsatmoqda.

Sovuqni Kanada shimolidan Arktika havosi olib keldi.

Sinoptiklar qariyb 100 million kishi yashovchi AQSh shimoli-sharqida keyingi hafta boshida harorat bundan ham pasayishidan ogohlantirishmoqda.

Suv zarralari havodayoq muzga aylanmoqda. Foto: «Reuters»

Niagara oxirgi marta ikki yil avval muzlagandi.

Niagaraning muzlashi suv zarralarining havodayoq muzga aylanib daraxt va toshlarga «o‘tirib qolishi» bilan izohlanyapti.

Sinoptiklar havo harorati yanada pasayishidan xabar berishdi. Foto: «Reuters»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring