Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiya bosh vaziri «farroshlik» qildi (video)

Niderlandiya bosh vaziri «farroshlik» qildi (video)

Skrinshot

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte mamlakat parlamenti binosida «farroshlik» qilib ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylandi. Mahalliy «NOS» telekanalining xabar berishicha, shoshilinchda qo‘lidagi qahvasini to‘kib yuborgan Ryutte birpasda hammayoqni yog‘ tomsa yalagudek tozalab qo‘ygan.

Bu voqeaga guvoh bo‘lgan jurnalist Irin Ostveyen videoni tarmoqqa joyladi.

Ochig‘i, kutilmagan voqea ko‘pchilikni lol qoldirdi.

«BBC»ning Turkiya xizmati ma’lum qilishicha, voqea 4 iyun kuni Niderlandiya parlamenti binosida sodir bo‘lgan. 5 iyun kuni yarmiga kelib videoni to‘qqiz mingdan ortiq odam tomosha qildi. Foydalanuvchilar Ryuttening xatti-harakatlarini olqishlashdi va ijtimoiy tarmoqlar orqali videoni faol ulashishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring