Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norindagi fermer xo‘jaligi dala shiyponidan 8 yashar bolaning murdasi topildi

Norindagi fermer xo‘jaligi dala shiyponidan 8 yashar bolaning murdasi topildi

Illyustrativ foto.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Norin tumanidagi fermer xo‘jaligi dala shiyponidan 8 yoshli bolaning murdasi topilganiga oid xabarlar tarqalgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz» so‘roviga javoban ayni mazmundagi xabarlarni tasdiqladi. Ya’nikim, shu yilning 15-noyabr kuni kechqurun 2012-yilda tug‘ilgan I. U.ning murdasi yashash xonadonidan  uncha uzoqda bo‘lmagan fermer xo‘jaligi o‘tinxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan. Shu kunning o‘zida holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan  qasddan odam o‘ldirish alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda, deya qo‘shimcha qildi mahkama matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring