Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukusda YPX xodimini kapotda «sudragan» haydovchi mast bo‘lgan (video)

Nukusda YPX xodimini kapotda «sudragan» haydovchi mast bo‘lgan (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida «Spark» haydovchisi YPX xodimini mashina kapotida 200 metr masofagacha sudrab borgani haqida video tarqalgandi.

«Markaziy studiya» dasturida ma’lum qilinishicha, hozirda ushbu holat bo‘yicha Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, «Spark» avtomobili haydovchisi rulni boshqarayotganda telefondan foydalangan, YPX inspektori uni to‘xtatganida haydovchi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Shunda ushbu inspektor ratsiya orqali ikkinchi inspektorga bu haqida ma’lum qilgan. Mast haydovchi esa ikkinchi inspektorning ham talabini bajarmasdan, qo‘pol qoidabuzarlikni amalga oshirgan.

Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Hodisa natijasida YPX inspektori yengil tan jarohati olgan. Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring