Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ob-havo ma’lumoti: o‘zi bu yil qish bo‘ladimi?

Ob-havo ma’lumoti: o‘zi bu yil qish bo‘ladimi?

Foto: «UZ24.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 23-yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +1 ... +3 daraja, kunduzi +11 ... +13 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +9 ... +14 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +4 ... +9 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -3 ... +2 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +9 ... +14 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Ilova: ob-havo haqidagi ma’lumot taxmin va ehtimollikka asoslangan, anig‘ini faqat Alloh biladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring