Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olib qochilgan avtomashina shu ahvolda topildi

Olib qochilgan avtomashina shu ahvolda topildi

Foto: Tergov departamenti

Joriy yilning 9-aprel kuni soat 04:00dan soat 06:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida oq rangli «Nexia-1» olib qochildi.

Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani Turon ko‘chasida yashovchi 42 yoshli A.M. darhol Sirdaryo viloyati «102» qisqa raqamiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, jabrlanuvchiga tegishli avtomashina Sardoba tumani Qo‘yitosh mahallasi hududidan o‘tuvchi avtoyo‘lining 6-km.da to‘liq yongan holatida topilgan.

Avtomashina ko‘zdan kechirilgan vaqtda noma’lum shaxs tomonidan avtomashinaning davlat raqamlari va muqaddam avtomashinada mavjud bo‘lgan gaz ballon hamda orqa yukxonasidagi zaxira g‘ildiragi yechib olib ketilganligi aniqlangan.

Tergov-tezkor harakatlar davom ettirilib, mazkur jinoyatni Sardoba tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 30 yoshli K.R. sodir etganligi, uning yashash xonadoni tintuv qilinganida, unda olib qochilgan «Nexia-1» rusumli avtomashinaga o‘rnatilgan bir dona gaz ballon hamda bir dona avtomashina zaxira g‘ildiragi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha K.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, ungaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi «g» bandi va 173-moddasi 1-qismi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring