Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar: 2019-yil nihoyatda jaziramali kelishi mumkin

Olimlar: 2019-yil nihoyatda jaziramali kelishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Kaliforniya universiteti mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, kirib kelgan 2019-yil insoniyat tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin. Bu haqda «National Geographic» xabar berdi.

Yerda haroratning keskin oshishi Tinch okeani sharqidagi yuqori suv qatlami haroratining oshishi sabab yuzaga keladi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt — 2015-yildan 2018-yilga qadar tarixdagi eng issiq yillar bo‘ldi.

Dunyoda global isish qanday xavflarni yuzaga keltiradi? Mutaxassislar fikricha, bu turli tabiat hodisalari — qattiq jazirama, o‘rmonlar yong‘ini, qurg‘oqchilik, sel kelishi va kuchli bo‘ronlarni yuzaga keltirishi ehtimoli bor.

Misol uchun, 2018-yili Shimoliy yer sharida 70dan ortik tropik siklon yoki kuchli bo‘ronlar kuzatildi. Bu o‘tgan yillardagiga qaraganda (o‘rtacha 53ta) ancha ko‘p.

Issiqlik oqimlari 2018-yilda ishlab chiqarishga ham jiddiy zarar keltirdi. Chunki ko‘p hollarda nafaqat bunday jaziramalarda ishlash, balki ko‘chaga chiqishning imkoni bo‘lmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring