Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Omborxona siri fosh bo‘ldi: muddati o‘tgan mashhur mahsulotlar «yangilanyapti»

Omborxona siri fosh bo‘ldi: muddati o‘tgan mashhur mahsulotlar «yangilanyapti»

Foto: IIV

2021-yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada Toshkent shahar Yangihayot tumani Qo‘yliq-3 mavzesida joylashgan «Texno invest» MChJ bazasida ijarada bo‘lgan xususiy tadbirkorlar M.D. va A.D. iste’mol muddati o‘tib ketgan, iste’molga yaroqsiz «Bliss», «Sochnaya dolina» sharbatlari, «Marinelle» tomat pastasi hamda «Moloko s saxarom» nomli quyultirilgan sut mahsulotlarining muddatlarini yangi sanaga qalbakilashtirib o‘zgartirib, 25.000.000 so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Shundan so‘ng ushbu baza hududidagi M.D. va A.D.lar tomonidan ijaraga olingan 2 ta omborxona ko‘zdan kechirildi. U yerda jami 2.477.473.000 so‘mlik iste’mol muddati o‘tib ketgan, iste’molga yaroqsiz, muddatlari yangi sanaga qalbakilashtirilib o‘zgartirilgan «Bliss», «Sochnaya dolina», «Meva»  shartbatlari, «Koka kola», «Fanta», «Sprayt» ichimliklari, «Marinelle» nomli tomat pastasi, o‘simlik ikrasi, ananas, jo‘xori, assorti, qovoqchali ikra konservalari, «Derevenskaya», «Moloko s saxarom» nomli quyultirilgan sut, «Amerikan tea», «Veston tea», «Arab tea», Toshkent choy» nomli quruq choy, «Avangard» nomli un mahsulotlari hamda tovarlarning yaroqlilik muddatlarini o‘chirishda foydalanilgan atseton suyuqliklari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring