Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ostonaliklar minus 40 daraja sovuqda muzlab qolgan mushuk va itlar ustidan kulmoqda (video)

Ostonaliklar minus 40 daraja sovuqda muzlab qolgan mushuk va itlar ustidan kulmoqda (video)

Foto: «Ekspress K»

Ostona ko‘chalarida bir necha kundan beri minus 40 darajagacha bo‘lgan qattiq sovuq hukmron – odamlar sovuq urishidan aziyat chekmoqda, hayvonlar esa butunlay muzlab qolmoqda, deb xabar berdi «NUR.KZ».

Nashrning qayd etishicha, ayrim «vaynerlar» (ijtimoiy tarmoqlarga video joylab mashhur bo‘lishni istovchilar), «Instagram»ga rolik joylash uchun jirkanch ishlardan ham toymayapti – ular muzlab qolgan mushuk va itlarni «qiziqarli» videoga olishmoqda.

O‘lik hayvonlar ustidan kulayotgan «blogerlar» ularni shunchaki videoga olishmagan – ular yotgan holda muzlab qolgan jonivorlarni qordan tozalab, ularni qorga tik holda o‘rnatib, xuddi «yo‘lida» muzlab qolgandek tasvirlashmoqda.

Bu aksariyat qozog‘istonliklarni g‘azabini keltirdi:

«Bu juda pastkashlik va vahshiylik. Nimaning ortidan mashhurlik orttiryapsizlar? Pana joy topolmay qattiq ayozda ko‘chada muzlab qolgan bechora jonivorlar o‘limi hisobigami?», munosabat bildirilgan ulardan biri.

«Ayrim yaramaslar o‘lim ustidan kulishmoqda. Yaratgan barchasini ko‘rib turibdi – ertaga o‘zlaringga qaytadi», degan hayvonlar himoyachisi.

Qozog‘istonda izg‘irinlar bundan ham kuchayishi aytilmoqda. Ostonada bir necha yillar beri ilk marotaba maktablar yopilgan.

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi 26-yanvardan mamlakatimizga ham shimoldan sovuq havo oqimi kirib kelishini ma’lum qilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring