Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida ikki davlat aholisi o‘rtasida mojaro yuzaga keldi

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida ikki davlat aholisi o‘rtasida mojaro yuzaga keldi

Foto: Videodan skrinshot

Bugun, 2020 yilning 31 may sanasida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida har ikki davlat fuqarolari o‘rtasida mojaro yuzaga keldi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari rasmiy kanalida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, So‘x tumanidagi Chashma bulog‘i yonidan o‘tgan chegara hududida janjal kelib chiqqan. Vaziyatni hal qilish uchun ko‘rsatilgan chegara hududida har ikki davlatning mahalliy hokimliklaridan kelgan mas’ul shaxslar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Ayni vaqtda vaziyat nazorat ostida. Mojaroning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring