Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik politsiyachi qiz Nyu-Yorkda o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

O‘zbekistonlik politsiyachi qiz Nyu-Yorkda o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

O‘zbekistonlik 24 yashar qiz Nyu-York shahridagi do‘kondan 300 dollarlik kiyim-kechakni o‘g‘irlashga uringan payt qo‘lga olingani xabar qilinmoqda.

Qizig‘i, uning shahar politsiyasi xodimi ekani aytilgan. U sumkasiga solingan tovarlar uchun pul to‘lamasdan, eshikdan chiqib ketayotganda qo‘lga tushgan.

 Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, qizning ismini yozishni ma’qul topmadik.

Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, qiz qo‘yib yuborilgan va sud kuni belgilangan. Nyu-York politsiyasi ish haqi to‘lanmagan holda uni vaqtincha ishdan bo‘shatgani xabar qilinmoqda.

Qizning o‘zi ayblovlarni inkor etmoqda va bu haqda xabar bergan ommaviy axborot vositalarini sudga berishi haqida aytgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring