Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parkentda qalbaki haydovchilik guvohnomasi aniqlandi

Parkentda qalbaki haydovchilik guvohnomasi aniqlandi

Foto: «vatandosh.uz»

2018-yil 17-yanvar kuni Parkent tuman IIB TBdan taqdim etilgan hujjatlarga qo‘ra, Parkent tumanida yashovchi fuqaro Sh.M.R. (1987-yilda tug‘ilgan) 2012-yildan 2018-yil fevral oyiga qadar V, S, DYe toifalaridagi transport vositasini boshqarish huquqini beradigan va rasmiy hujjat hisoblanadigan haydovchilik guvohnomasi va qalbaki talonidan uning qalbakiligini bila turib foydalangani aniqlangan.

O‘tkazilgan sudga oid texnik ekspertizaning 7-fevral kunidagi 107-sonli xulosasiga ko‘ra, Sh.M.R. nomiga berilgan haydovchilik guvohnomasi, qalbaki taloni va muhri hozirgi kundagi kompyuter texnikasi qo‘llanilib, rangli printer yordamida qalbakilashtirilgani ko‘rsatilgan.

Hozir unga nisbatan Parkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring