Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtlik ikki bemor vafot etdi

Poytaxtlik ikki bemor vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli bemor A.A. (erkak)da «COVID-19» infeksiyasi tasdiqlangach, ahvoli og‘ir bo‘lganligi sababli joriy yil 27-iyul kuni Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sergeli tumanida yashagan 30 yoshli bemor B.A. (erkak)da joriy yil 26-iyul kuni «COVID-19» infeksiyasi alomatlari kuchaygan va nafas yetishmovchiligi og‘irlasha boshlagach, u ham Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlar bilan kechgan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring