Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Profilaktika inspektori o‘zini yoqib yuborgan ayol hayotini saqlab qoldi

Profilaktika inspektori o‘zini yoqib yuborgan ayol hayotini saqlab qoldi

Foto: IIBB

Joriy yilning 8-iyul kuni Bo‘ka tumani «Qoraquduq» mahalla fuqarolari yig‘ini profilaktika inspektori katta leytenant Farhod Qulmatov o‘z hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, ushbu mahallada yashovchi 67 yoshli fuqaro M.X. (ayol) o‘zini yoqib yuborayotganini ko‘rib, darhol olovni o‘chirish choralarini ko‘radi va fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qoladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tuman markaziy shifoxonasi tomonidan fuqaro M.X. ga, I-II darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, katta leytenant Farxod Kulmatov fuqaroni qutqarayotgan vaqtida, uning o‘zida (o‘ng qo‘l sohasi) ham II-III darajali kuyish jarohati borligi shifoxona ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan.

Fuqaro M.X. suhbat davomida, oilasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqani va bundan qattiq ranjiganini aytib, o‘z joniga qasd qilish maqsadida o‘zini yoqib yuborganini bayon qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring