Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘ygan ayol bo‘yicha qo‘shimcha bayonot berildi

Prokuratura binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘ygan ayol bo‘yicha qo‘shimcha bayonot berildi

2020-yil 30-noyabr kuni Andijon viloyat prokuraturasi binosi oldida ayol kishi o‘zini yoqib yuborganligi haqida bayonot berilgan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bayonot chiqarilishi ortidan jamoatchilik orasida keng muhokamalar boshlanib, o‘z joniga qasd qilgan qizning yoshi hamda o‘ziga o‘t qo‘ygan ayolning kuyish darajasi bo‘yicha turli talqinlar kuzatilmoqda.

Mazkur holatga yanada aniqlik kiritish maqsadida qo‘yidagilar qo‘shimcha ravishda ma’lum qilindi:

2020-yil 24-iyul kuni 1999-yilda tug‘ilgan, Andijon mashinasozlik institutining 2-kurs talabasi N.M. o‘z mobil telefoniga 2004-yilda tug‘ilgan, umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan T.M.ni suratga olgan.

Ushbu fotosuratlar boshqalarga oshkor bo‘lishidan qo‘rqib fuqaro T.M. o‘z joniga qasd qilgan.

2020-yil 30-noyabr kuni soat taxminan 12:20 larda tergov harakatlari davomida gumonlanuvchidan «Spark» atomashinasini undirib berishni talab qilib, Andijon viloyat prokuraturasiga kelgan, marhumaning onasi 1983-yilda tug‘ilgan B.S., prokuratura binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘ygan.

Ko‘rsatilgan tezkor yordam natijasida u shifoxonaga yotqizilgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali kombustiologiya bo‘limida fuqaro B.S.ga nisbatan yuritilgan 19344/436-sonli tibbiy bayonnoma va bo‘lim shifokorining 30.11.2020-yildagi dastlabki ma’lumotnomasiga asosan B.S. o‘zini yoqib yuborishi natijasida «Alangadan I-II-IIIA darajada yuzi, bo‘yni, ko‘krak qafasi, ikkala qo‘llarining 15 foizi» kuygan.

«Qayd etish kerakki, fuqaro B.S.ning o‘zini yoqib tan jaroxati olganligi holati bo‘yicha 30.11.2020-yil kuni sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Biroq, bemor shu kuning o‘zidan sud tibbiy ekspertizasidan o‘tishdan bosh tortib, o‘zining yashash xonadoniga ketib yuborgan. B.S.ni takroran sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun yashash xonadoniga sud tibbiy ekspertizasi eksperti M.Dexqonov, profilaktika inspektorlari I.Qaxxarov, D.Ismoilov va ikki nafar xolislar bilan birgalikda borilganida u ekspertizadan o‘tishdan takroran bosh tortgan.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qilingan har bir rasmiy bayonot asosli hamda aniq fakt va dalillarga tayangan holda e’lon qilinadi», deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring