Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin nomidagi cho‘qqida Ukraina bayrog‘i ko‘tarildi

Putin nomidagi cho‘qqida Ukraina bayrog‘i ko‘tarildi

Skrinshot.

Qirg‘iziston tog‘larida joylashgan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomi bilan ataladigan cho‘qqida noma’lum shaxslar Ukraina bayrog‘ini o‘rnatishgan. Bu haqda voqea guvohlari Twitterda xabar bergan, deya yozadi 24.kg. 

Cho‘qqi Rossiya Prezidenti sharafiga 2011-yilda nomlangan.

«Vladimir Putin cho‘qqisi» mamlakat shimolidagi Chuy viloyatidagi tog‘larda joylashgan bo‘lib, balandligi 4 ming 446 metrni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 24-may kuni Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududiga bostirib kirganiga roppa-rosa uch oy to‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring