Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qamchiq» dovonida avtotransport harakati tiklandi

«Qamchiq» dovonida avtotransport harakati tiklandi

Avval xabar qilinganidek, 2019-yil 15-yanvar kuni soat 19:00 da A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida qor ko‘chkisi xavfi bo‘lganligi sababli dovonda avtotrasport vositalarining harakati to‘xtatilgandi.

Bugun, 16-yanvar kuni «Qamchiq» dovonining xavfli qiyaliklaridagi qor qatlamlari FVV, MV, IIV, «O‘zgidromet» markazi va «O‘zavtoyo‘l» davlat qo‘mitasi, kuch va vositalari tomonidan majburan tushirilib, avtomobil yo‘li qor ko‘chkilaridan tozalandi.

«O‘zgidromet» markazining qor ko‘chkisi mavjud emasligi to‘g‘risidagi byulleteniga asosan, «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘li «Qamchiq» dovonida joriy yilning 16-yanvar kuni kuni soat 11:05 dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda FVV.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring