Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshida yo‘lovchilar jaziramada samolyot bortida qolib ketishdi

Qarshida yo‘lovchilar jaziramada samolyot bortida qolib ketishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Moskva-Qarshi-Moskva» yo‘nalishi bo‘yicha parvozning kechikishi haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, parvoz Rossiyaning «Royal Flight» aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Yo‘lovchilar bortga chiqarilgandan so‘ng, samolyot dvigatellari ishlamay qolgan. Bunga ob-havo sharoiti, ya’ni havo haroratining 44°dan yuqori bo‘lishi sabab bo‘lgan.

Natijada, ushbu parvozni tungi vaqtda amalga oshirish qarori qabul qilinib, yo‘lovchilar bortni tark etishgan. Yo‘lovchilarning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabar kelib tushmagan.

Samolyot 6-iyun kuni soat 04:54 da Moskvaga uchgan (aslida jo‘nash 5-iyun kuni soat 15:30 ga rejalashtirilgan edi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring