Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda 1,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborgan shaxslarga ish ochildi

Qashqadaryoda 1,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborgan shaxslarga ish ochildi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ATB «Mikrokreditbank» viloyat mintaqaviy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, «G.K.» MChJ rahbari D.S. va fuqaro A.U. bank filialidan savdo faoliyatini rivojlantirish uchun olingan 1,6 mlrd so‘m kredit mablag‘ini noqonuniy o‘zlashtirib o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga sarflaganligi hamda garovga qo‘yilgan bino va avtotransport vositasini bank muhrini qalbakilashtirish yo‘li bilan taqiqdan chiqarib, band solingan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring