Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda 9 yoshli qizni «Kamaz» bosib ketdi

Qashqadaryoda 9 yoshli qizni «Kamaz» bosib ketdi

Foto: Nasafnews

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hududida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni «Kamaz»  bosib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 2022-yil 22-noyabr kuni soat 12:30larda A-378 «Samarqand-G‘uzor» avtomobil yo‘lining «Uzun» MFY hududidan o‘tgan 124-kilometrida sodir bo‘lgan.

Haydovchi N.B. yuk mashinasini G‘uzor tumani tomon boshqarib ketayotib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan Qamashi tumani «Uzun» MFYda yashovchi voyaga yetmagan Q.S.ni bosib ketgan. Oqibatda 9 yoshli qiz voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan Qamashi tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining ajrimiga asosan haydovchi qamoqqa olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring